Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport universiteti Urganch shahri transport tizimini takomillashtirish loyihasini ishlab chiqmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
23.05.2023 2080 Yangiliklar

Toshkent davlat transport universiteti hamda Urganch shahar hokimiyati o‘rtasida imzolangan xo‘jalik shartnomasiga muvofiq Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti tomonidan shahar transport tizimini takomillashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan universitetda Koreya delegatsiyasi vakillari uchun mazkur loyihaning tahlil jarayoni bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

 

Taqdimotda Urganch shahrining transport tizimini takomillashtirish, transport modelini tashkil etish, shahardagi chorrahalar, ko‘chalar, chiziqli obyektlarning dinamik transport modeli loyihasi, shaharda o‘tkaziladigan yo‘l sinovlari bosqichlari, jamoat transporti intensivligini aniqlash bo‘yicha takliflar xususida batafsil ma’lumot berildi.