Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport universitetida “Innovatsion relsli transport” kompetensiyalar markazi tashkil etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
17.02.2025 428 Yangiliklar

Toshkent davlat transport universitetida “Innovatsion relsli transport” kompetensiyalar markazini tashkil etish bo‘yicha ANO DPO “TMX Korporativ Universiteti” o‘rtasida kelishuv imzolandi.

 

Yangi markaz transport muhandisligi, xususan, temir yo‘l va metro transporti sohasida mutaxassislar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha asosiy platforma bo‘lib xizmat qiladi.