Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport universitetida zamonaviy o‘quv trenajyor-simulyatorlar ishga tushirildi

Chop etish Sahifani ulashish
14.01.2022 3267 Yangiliklar

 

Toshkent davlat transport universiteti “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasida «TEP70BS» yo‘lovchi teplovozi va «3ES5K ERMAK» magistral elektrovozi o‘quv trenajyor-simulyatorlari o‘rnatildi va ishga tushirildi.

O‘quv trenajyor-simulyatori mashinist va mashinist yordamchilarini poyezdni boshqarishning oqilona usullari, ma’lum bir yo‘l uchastkasi sharoitlariga yaqin muhitda favqulodda harakat qilishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.

O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu zamonaviy o‘quv trenajyor-simulyatorlari universitetda tahsil olayotgan talabalarning lokomotiv xo‘jaligi va lokomotivlarni boshqarish to‘g‘risidagi ko‘plab ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi.