Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Estoniya elchisi bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
21.02.2025 212 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaаp Ora bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.

 

Xususan, Estoniya portlari va omborxona imkoniyatlaridan foydalangan holda yuk tashish hajmini oshirish, shuningdek, raqamli xizmatlar va mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

 

I.Mahkamov transport-logistika sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida o‘zaro hamkorlikda Estoniyada "Road show" tashkil etish hamda joriy yilda bo‘lib o‘tadigan xalqaro tadbirlar doirasida O‘zbekistonda biznes vakillari ishtirokida forum o‘tkazishni taklif qildi.