Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlar bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
08.08.2023 3009 Yangiliklar

Transport vazirligi rahbariyati hamda vazirlikning hududiy boshqarma boshliqlariga jami 1376 nafar e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

 

Joriy yilning 7-avgust kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek hamda Yashnabod tumanlarida istiqomat qiluvchi o‘ziga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muxtoj, qizil toifa ro’yxatiga kiritilgan yoshlar bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda yoshlar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning istaklari va muammolari tinglandi. Yoshlarning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar muhokama etildi.

 

Uchrashuv doirasida yoshlarni kasb-hunarga o'qitish hamda kelajakda ish bilan ta'minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.