Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri ishtirokida “vazir va yoshlar“ uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
17.12.2020 5770 Yangiliklar

 

Kadrlar salohiyatini oshirish, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, ularning yangi g‘oya va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash ayni kun talablari bilan hamohangdir.

Toshkent davlat transport universitetida Transport vaziri v.b. Ilhomjon Mahkamovning yosh mutaxassislar va olimlar, magistrlar bilan uchrashuvi shunday ezgu maqsadlarga qaratildi.

 

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuv doirasida Transport vaziri yoshlarga mamlakatimiz transport tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti infratuzilmasi va o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot tinglandi.


Uchrashuvda bugungi islohotlar jarayonida yoshlarning alohida o‘rni borligi va sohadagi bunday islohotlarda yoshlarning g‘oyalarini, ularning amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish muhimligi ta’kidlandi.

- Bugun siz aziz yoshlar bilan uchrashish men uchun katta sharaf, – dedi vazir v.b. Ilhomjon Mahkamov. – Albatta sizlarning fikringiz, ishlab chiqarish va ilmda erishayotgan yutuqlaringizni yuzma-yuz turib eshitish bizni yagona maqsadlarda birlashtiradi. Bugun transport sohasida qator ishlar qilinmoqda. Bizning asosiy maqsad sohadagi har bir ishimizda yoshlarimiz faolligini ko‘rish. Buning uchun sizlardan o‘z mehnat faoliyatingizga mehr qo‘yish, yaxshi o‘qish va yangi g‘oyalar ustida tadqiqotlar olib borish talab etiladi. Biz, ya’ni vazirlik sizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.

Uchrashuvda Ilhomjon Mahkamov yig‘ilish ishtirokchilarining erishayotgan yutuqlari va ularning takliflari bilan qiziqdi.


– Bugungi uchrashuv biz uchun juda foydali bo‘ldi, – dedi Toshkent davlat transport universiteti "Elektr ta’minoti" kafedrasi assistenti Islom Karimov. — Tadqiqotchi sifatida mavjud muammolarni chuqurroq o‘rganib, masalalar yuzasidan yetarli va aniq ma’lumotlarni olish murakkabligini bildirdim. Vazir bu fikrlarimni qo‘llab-quvvatladi va ushbu masalada ko‘mak berishini bildirdi.

Ochiq muloqotda yoshlar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar, qiziqtirayotgan savollar va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.