Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Mongoliyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
12.12.2024 826 Yangiliklar

Bugun, 12-dekabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Mongoliyaning O‘zbekistondagi elchisi Daadanxuu Batbaatar bilan muzokaralar olib bordi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar transport va logistika sohasidagi istiqbolli loyihalar, ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashdilar.

 

Xususan, Toshkent – Ulan-Bator yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, avtomobil tashuvlarini yangi transport yo‘laklarini shakllantirish hamda tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish orqali rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

 

Uchrashuv davomida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda aniq choralarni ko‘rish yuzasidan amaliy sa’y-harakatlar belgilab olindi.

 

Jumladan, tomonlar 2025-yilning yanvar oyida Avtomobil tashuvlari bo‘yicha aralash komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga va Mo‘g‘ulistondan Toshkentga yangi "Janubiy yo‘nalish" orqali tajriba-sinov avtokarvonini tashkil etish masalasini muhokama qilishga kelishib oldilar.