Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri OIIB vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
21.09.2024 1107 Yangiliklar

20-sentabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda K.Limitovskiy OIIB faoliyatida transport sohasining roli alohida ekanligini, kelgusida o‘zaro hamkorlikda qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga bankning qiziqishi yuqori ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

O‘z navbatida I.Maxkamov OIIB xalqaro moliya institutlari orasida transport sohasini rivojlantirish borasida yirik loyihalarni amalga oshirishda katta yordam ko‘rsatayotgan asosiy hamkorlardan biri ekanligini qayd etib o‘tdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning bugungi holatini muhokama etishdi, shuningdek, ustuvor ahamiyatga ega istiqbolli loyihalarda OIIBning ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdi.