Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Saudiya Haj va Umra vaziri bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
20.02.2025 296 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov 19-fevral kuni  Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar “Umra” va “Haj” mavsumida O‘zbekistondan ziyoratchilarni aviaqatnovlar orqali tashish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning joriy holatini, shuningdek, Saudiya Arabistoni aviakompaniyalarining 2025 yilgi “Haj” va kelgusi davrlardagi dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama etishdi.