Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri Xitoyning yirik qurilish kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
30.09.2024 358 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xitoyning yirik qurilish kompaniyasi va dunyodagi eng yirik qurilish pudratchilaridan biri "China State Construction Engeenering" guruhi raisi Chjeyen Syunesyuan bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazdi.

 

Muzokaralarda tomonlar CSCEC ning loyihalashtirish va qurilishdagi boy tajribasi, shuningdek, texnik va texnologik afzalliklari va kompaniyaning yuqori kredit reytingini hisobga olgan holda transport sohasidagi infratuzilma loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

 

Uchrashuv davomida I.Mahkamov korxonaning ko‘rgazmalar markaziga tashrif buyurib, korxona tarixi, asosiy loyihalari va eng yangi texnikalari bilan tanishdi.