Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri XXRning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
25.11.2024 817 Yangiliklar

Bugun, 25-noyabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida transport logistikasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq qator masalalarni muhokama etishdi.

 

Xususan, avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun taqdim etiladigan ruxsatnoma blankalari kvotasini oshirish, Xitoy portlari va chegaralarida yuk konteynerlarini o‘tkazishni tezlashtirish hamda O‘zbekiston aviakompaniyalari uchun Xitoy shaharlariga bajariladigan aviaqatnovlar chastotasini oshirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, tomonlar Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha uch tomonlama konsessiya bitimini imzolashni tezlashtirish hamda mazkur muhim loyihaning qurilishiga ramziy start berish marosimini o‘tkazish masalasi yuzasidan fikr almashdi.