Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vaziri yoshlar bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
08.05.2023 3406 Yangiliklar

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada aniq va manzilli tashkil etish maqsadida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 9 mln nafar o‘g‘il-qiz alohida e’tiborga olindi.

 

Bu borada barcha tashkilotlar qatori Transport vazirligida ham yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ular bilan individual ishlashni jadallashtirish, jamiyatdan ajrab qolgan, hayotda o‘z o‘rnini topolmayotgan, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan yoshlarni faol hayotga qaytarish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

 

Xususan, Transport vazirligi rahbariyati hamda vazirlikning hududiy boshqarma boshliqlariga jami 1376 nafar e’tiborga muhtoj yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga ko‘maklashish borasida aniq mezonlar asosida ish tashkil etilishi boshlab yuborildi.

 

Kuni kecha Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Sergeli, Mirobod tumanlarida istiqomat qiluvchi o‘ziga biriktirilgan 40 nafar yoshlarning bir guruhi bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda yoshlar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning istaklari va muammolari tinglandi. Yoshlar tomonidan bildirilgan barcha taklif va mulohazalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.