Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirlari “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini muhokama etishdi

Chop etish Sahifani ulashish
28.01.2023 3262 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat transport vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda tomonlar transport sohasini rivojlanirish yo‘nalishidagi hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan masalalarni muhokama etishdi.

 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Tilek Tekebayev bilan “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha ishlarni faollashtirish bilan bog‘liq jihatlarni ko‘rib chiqdi.

 

Uchrashuvda vazirliklar rahbarlari yangi temir yo‘l yo‘lagi “Yevroosiyo qit’a ko‘prigi”ning janubiy tarmog‘iga aylanishini hamda Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga yo‘l ochishini ta’kidladi.