Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi jamoasi donorlik aksiyasida ishtirok etdi

Chop etish Sahifani ulashish
01.06.2023 2168 Yangiliklar

 

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Respublika qon quyish markazida o‘tkazilgan donorlik aksiyasida Transport vazirligi xodimlari faol ishtirok etishdi.

 

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida o‘tkazilgan ushbu xayriya aksiyasi tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, bemor bolalar hayotini saqlab qolish, shuningdek, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. 

 

Erta tongdan ko‘ngillilarni birlashtirib, insonparvarlik va mehr-oqibat namunalarini o‘zida aks ettirgan aksiya bolajonlar uchun chin ma’nodagi g‘amxo‘rlik belgisi bo‘ldi.

 

Barcha donorlar qonga muhtoj bo‘lgan bemor bolajonlarga hayot bag‘ishlash hamda ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shganidan hursand.

 

Tadbir yakunida ko‘ngilli ravishda bemor bolajonlar hayotini saqlab qolish uchun o‘z qonini topshirgan fuqarolarga “Adolat” SDPning tashakkurnomasi va sovg‘alar topshirildi.