Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi mutaxassislari Janubiy Koreyaning transport tizimi bilan yaqindan tanishmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
11.04.2022 3992 Yangiliklar

 

Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi ishchi guruh Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida transport vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh vakillari Inchxon xalqaro aeroporti infratuzilmasi, bu yerda amaliyotga tatbiq qilingan zamonaviy texnologiyalar, kargo kompleksi va terminali ish faoliyati, Pusan dengiz porti, shuningdek, Seul shahrining transport infratuzilmasi va “Harakatni boshqarish markazi” ish faoliyati bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.

Bugun, ishchi guruh vakillari Inchxon xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi. Aeroport prezidenti va ijrochi direktori Kim Kyung Vuk hamda Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Inchxon xalqaro aeroporti tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini mamlakatimizning mintaqaviy aeroportlarida joriy etish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, mamlakatarimiz o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish, xususan, Inchxon xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan foydalangan holda uchinchi mamlakatlarga yo‘naltirilgan tranzit tashuvlarini ko‘paytirish yuzasidan fikr almashildi.

Mamlakatimiz transport tizimini rivojlantirish masalalari yuzasidan koreyalik hamkasblar bilan tajriba almashish yuzasidan tashkil etilgan tashrifning navbatdagi kunida Pusan dengiz porti, Gimpo aeroporti faoliyati bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.