Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi O‘zbekistonni ECMTning ko‘p tomonlama ruxsatnomalar tizimiga qo‘shilish choralarini ko‘rmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
10.10.2024 1249 Yangiliklar

Joriy yilning 10-oktabr kuni Transport bo‘yicha Yevropa guruhining Xalqaro transport forumidagi uchrashuvida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov O‘zbekistonni ECMTga (European Conference of Ministers of Transport) qo‘shilishining muhimligi va "Sifat Xartiyasi" talablariga qay darajada mos kelishi bo‘yicha taqdimot qildi.

 

O‘zbekiston ECMTning ko‘p tomonlama ruxsatnomalar tizimiga qo‘shilishi tashkilotga a’zo 43 ta davlat bilan avtomobilda yuk tashuvlarini bajarish uchun almashilinadigan ko‘p tomonlama ruxsatnomalar asosida ikki tomonlama va tranzit tashishlarni amalga oshirish imkonini beradi.

 

Taqdimot yakunida Xalqaro transport forumi, Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi, Turkiya va Daniya kabi davlatlar O‘zbekistonning ruxsatnomalar tizimiga kirishini qo‘llab-quvvatladilar.

 

Endilikda, O‘zbekistonni ECMTning "Sifat Xartiyasi" talablariga mos kelishi masalasi Xalqaro transport forumi ekspertlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.