Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʼlimiga bosh mutaxassis lavozimiga ishga taklif etadi.

Chop etish Sahifani ulashish
20.11.2020 5993 Yangiliklar

Taklif qilinayotgan ish quyidagi faoliyat yoʼnalishlaridan iborat: mamlakatimiz transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada qabul qilinayotgan yangi normativ huquqiy-hujjatlarning, shuningdek, vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun - mohiyatini kreativ va innovatsion yondashuv asosida keng jamoatchilikka yetkazish, ijtimoiy tarmoqlar va OАVda eʼlon qilish uchun rus va oʼzbek tillarida xabar va tahliliy materiallar tayyorlash, press-relizlar yozish va boshqalar.
Nomzodlarga qoʼyiladigan talablar:
- oliy jurnalistik maʼlumot;
- mehnat qonunchiligi doirasida boshqa talablar.
Munosib ish haqi toʼlanishi hamda xizmat vazifalari lozim darajada bajarilganda qoʼshimcha ragʼbatlantirish kafolatlanadi.
Nomzodlar oʼzlari haqidagi maʼlumotnomani (rezyumeni) info@mintrans.uz yoki kadr@mintrans.uz elektron pochta manziliga yuborishi lozim.
Qoʼshimcha maʼlumot uchun: 71 202-05-00 (118), 71 202-05-01 (727)