Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
08.11.2024 561 Yangiliklar

Korxona va tashkilotlarda sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlarning mehnatga oid huquq va manfaatlari hamda ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashda kasaba uyushmalarining o‘rni va ahamiyati nihoyatda beqiyosdir.

 

Mana to‘rt yildirki, 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni yurtimizning barcha ishchi-xodimlari tomonidan muhim sana sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

 

Bugun, Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ushbu sana munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kasaba uyushmalari faxriylari, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, faollar, tashabbuskor yoshlar ishtirok etishdi.

 

Tadbir avvalida vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Narxodjayev tarmoq kasaba uyushmasi tomonidan soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

 

Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 2024-yil davomida xodimlar, soha faxriylarini ijtimoiy, tibbiy, ma’naviy va boshqa jihatlardan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mingdan ortiq xodimlar ularning oila a’zolariga dam olish, ko‘ngil ochar maskanlarga, teatr tomosha tadbirlariga chiptalar berildi.

 

200 nafar xodimga moddiy yordam ko‘rsatildi, 100 dan ortiq xodimlarning oila a’zolari davolanishlari va sog‘liqlarini tiklashlari uchun sanatoriy va kurort muassasalariga yo‘llanmalar rasmiylashtirildi. Xodimlarning farzandlari uchun yozgi oromgohlarga yo‘llanmalar taqdim etildi. Qolaversa, mamlakatimizning diqqatga sazovor bo‘lgan tarixiy obidalari Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga turistik ziyoratlar tashkillashtirildi.

 

Tantanali tadbir davomida mamlakatimizda kasaba uyushmalari harakatini rivojlantirish, kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy va huquqiy manfaatlarini ishonchli himoya qilish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan kasaba uyushma xodimlari va faollari, kasaba uyushma a’zolari Faxriy yorliqlari va bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.