Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligida “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
06.12.2022 3036 Yangiliklar

 

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotining muhim qonuniy asosi, fuqarolar huquq va manfaatlarining ishonchli kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamiz qabul qilingan sana munosabti bilan Transport vazirligida tantanali tadbir tashkil etildi.

 

Unda vazirlik markaziy apparati, muassasalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi. Transport vaziri Ilhom Mahkamov tadbir ishtirokchilarini bosh qomusimizning 30 yilligi bayrami bilan qutlab, yangi O‘zbekistonning taraqqiyotida barchaga muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi.

 

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 8 - noyabrdagi farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi o‘tkazildi.

 

“Inson – jamiyat – davlat” tamoyilining o‘ziga xos ko‘zgusiga aylangan ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan baxtli insonlar safida 44 nafar vazirlik markaziy apparati va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari ham bor.

 

Tadbirda qutlug‘ ayyom arafasida ana shunday yuksak e’tirofga loyiq deb topilgan xodimlarga “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.