Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha uchrashuv o’tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
29.05.2023 3455 Yangiliklar

 

Transport vaziri o‘rinbosari A. Mo‘minov mamlakatimizga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasi Zheijang viloyati, Yueqing shahri Xalq hukumati va tadbirkorlaridan iborat delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz or‘tasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

 

Xususan, ushbu jarayonlarda yuk tashuvlariga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv doirasida Yueqing shahri portlari imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o’tkazildi. Uchrashuvda tomonlar transport-logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida birgalikda ishlashga kelishib oldi.