Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

TRASEKA loyihasi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
02.03.2020 8858 Yangiliklar

Bugun, 2-mart kuni transport vaziri Elyor G‘anyiev TRASEKA Bosh kotibi Aset Asavbayevni qabul qildi. Uchrashuvda TRASEKA yo'lagi ish faoliyatini qayta jonlantirish masalalari muhokama etildi.  Xususan,  ushbu transport yo’lagining raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihalar xususida so‘z bordi. 

Transport vaziri Elyor G‘aniyev mazkur transport yo'lagi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilgan yillarda yuk tashuvlar hajmi yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etganini alohida ta’kidlab o‘tdi.  Bugungi kunda Baku-Tbilisi-Qars temir yo‘li salohiyatidan unumli foydalangan holda TRASEKA transport yo'lagi faoliyatini qayta jonlantirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud ekanligi aytib o‘tdi. 

O‘z navbatida TRASEKA Bosh kotibi Aset Asavbayev uchrashuvda TRASEKA transport yo'lagini raqamlashtirish,  tashuvlar xavfsizligini ta’minlash,  chegaralarni kesib o‘tish tartibini takomillashtirish,  logistika markazlari va portlarning ishlashini optimallashtirish,  shuningdek,  temir yo‘l transportida chegaralarni kesib o‘tish tartibini boshqarishning yaxlit tizimidan foydalanish kabi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilayotgani haqida axborot berdi.

Uchrashuv yakunida transport vaziri Elyor G‘anyiev O‘zbekiston tomoni bu boradagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.