Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashuv

Chop etish Sahifani ulashish
01.06.2022 3632 Yangiliklar

 

Bugun, 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va TDT o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlikning holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Xususan, joriy yilda mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti transport vazirlari uchrashuvini tashkillashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuvda transport sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalasi muhokama etildi. Tomonlar yuk tashuvlari jarayonida raqamli yechimlardan samarali foydalanishni jadallashtirish muhimligini qayd etib o‘tishdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston “ePermit” va “eTIR” kabi loyihalarda faol ishtirok etib kelayotganini alohida e’tirof etdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikda TDTga a’zo boshqa davlatlarni ham ushbu loyihalarda ishtirok etishga jalb qilish bo‘yicha kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida tomonlar transport sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldi.