Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Turkish Airlines" Istanbuldan Urganchga ilk parvozni amalga oshirdi

Chop etish Sahifani ulashish
11.06.2021 4336 Yangiliklar

 

Bugun soat 07:50 da "Turk havo yo‘llari" aviakompaniyasining Airbus A-320 havo kemasi Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Avaiakompaniyaning Istanbul – Urganch – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozi tantali ravishda kutib olindi.

Ushbu yo‘nalishda parvozlar haftada bir marotaba juma kuni amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, "Turkish Airlines" aviakompaniyasi joriy yilning 8 - iyun kuni Istanbul – Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishida ham ilk qatnovni amalga oshirgan edi.

Istanbul – Farg‘ona – Istanbul aviaqatnovi haftaning har seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.