O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha talablar o‘rnatilganligi to‘g‘risida ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, xalqaro yuk tashishga doir mazkur o‘zgarishlar xorijiy haydovchilar va yuk avtotransport vositalarining Turkiya hududiga kirishi/chiqishi va bo‘lib turishini belgilaydi, bu qoida ushbu mamlakat orqali tranzit bilan o‘tayotganlarga ham tegishli.
Xususan:
1. Tranzit bilan yuk tashiyotganda haydovchining sog‘lig‘ini tekshirish, transport vositasini dezinfeksiyalash, yetarli miqdorda tibbiy niqoblar, sanitar himoya vositalari va oziq-ovqat mahsulotiga ega bo‘lish, shuningdek, boradigan mamlakatiga kirish uchun tasdiqni (ruxsat) taqdim etish va boshqalar talab etiladi.
2. Turkiyaga kiradigan haydovchilardan tibbiy ko‘rikdan o‘tish, transport vositasini dezinfeksiyalash, boshqa odamlar bilan ehtimoliy aloqa joylari va motorli transport vositalariga xizmat ko‘rsatish punktlarida (doimiy ravishda) niqob taqish, yetarli miqdorda tibbiy niqoblar, sanitar himoya vositalari va oziq-ovqat mahsulotiga ega bo‘lish, izolyatsiya uchastkasida yukni transportitovka qilishning tegishli tartibini ta’minlash, jumladan haydovchi, treyler, yukni (fraxta) almashtirish, agar buning iloji bo‘lmasa, 14 kunlik karantin davri tugaganidan keyingina kirishga ruxsat beriladi.
Yuk tashuvchilarning mamlakatda maksimal bo‘lish muddati va yo‘nalishi Turkiya bojxona organlari tomonidan belgilanadi.
Dori vositalari, tibbiyot va birlamchi iste’mol mahsulotlarini tashuvchilarga 14 kunlik karantin muddati tugamasidan Turkiyaga kirishga ruxsat berilishi mumkin, bunda yukni transportirovka qilishning tegishli tartibiga amal qilish, ilojsiz hollarda zarur tibbiy tekshiruv va himoya choralarini o‘tkazish talab etiladi.
3. Xorijiy haydovchilar Turkiyani tark etishganda yuqorida qayd etilgan qoidalarga rioya qilinganligi tekshiriladi. Qoidalarni buzgan haydovchilarga nisbatan jarima choralari qo‘llaniladi va mamlakatga qayta kirish taqiqlanadi.
4. Kema bortida faqat yuk mashinalarini o‘tkazishga (Ro-Ro Travels) ruxsat beriladi. Mahalliy portlar ma’muriyati tomonidan maqbul deb hisoblangan transportning majburiy shartlari asosida haydovchiga ruxsat berilgan taqdirda, tashuvchilarga belgilangan qoidalarga rioya qilish majburiyligi to‘g‘risida xabar beriladi. Transport vositalari haydovchiga berilishidan oldin dezinfeksiya qilinadi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hududi orqali xalqaro yuk tashishni rejalashtirayotgan fuqarolarga Turkiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.