Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Turkiya IIV mamlakat bo‘ylab xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritdi

Chop etish Sahifani ulashish
14.05.2020 8945 Yangiliklar

O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat hududida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritilgani to‘g‘risida ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, xorijlik haydovchilarga iloji boricha tezroq mamlakatdan chiqib ketish sharti bilan 14 kunlik karantin davrini kutmasdan Turkiya hududiga kirishga ruxsat beriladi.

Kema orqali xorijiy yuk tashuvchilarga (Ro-Ro operatsiyalari) “Zonguldak-Chernomorsk (Illichivsk)”, “Istanbul-Chernomorsk”, “Karasuk-Chernomorsk”, “Konstanta-Karasu”, “Tashuju-Tripoli” va “Mersin-Hayfa” yo‘nalishlarida tashishni amalga oshiradigan kema bortida bo‘lishlariga ruxsat beriladi (ilgari haydovchilarning kemaga kirishiga ruxsat berilmagan, faqat yarim tirkamalar / tirkamalar qabul qilingan).

Kasallik alomatlari aniqlansa, chet ellik haydovchilarning Turkiya hududiga kirishi rad etiladi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hududi orqali xalqaro yuk tashishni rejalashtirayotgan fuqarolarga Turkiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.