Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Turkmaniston bilan transport sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
11.03.2023 2984 Yangiliklar

 

Joriy yilning 10-mart kuni Turkmanistonning Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi transport va kommunikatsiyalar agentligi raisi Mammetxan Chakiyev bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Xususan, tomonlar yuk tashuvlari jarayonida vujudga kelayotgan ayrim qiyinchiliklarni bartaraf etish orqali transport-tranzit aloqalarini kenagaytirish yuzasidan fikr almashdi.

 

Shuningdek, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida chegara operatsiyalarini osonlashtirish va tezlashtirish uchun tarif va bojlarni unifikatsiya qilish va uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Xususan, o‘zbek tomoni avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishda ruxsatnoma blankalarini elektron tarzda almashishni nazarda tutuvchi E-Permit raqamli tizimiga o‘tish taklifini bildirdi. Muzokaralar davomida “O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron” transport yo‘lagini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ham ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv ishtirokchilari yangi transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldilar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni takomillashtirish va kengaytirishning keyingi bosqichlarini belgilab oldi.