Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

UAALF 2020 I Xalqaro aviatsiya forumi

Chop etish Sahifani ulashish
18.02.2020 6850 Yangiliklar

19 fevral kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum» I xalqaro aviatsiya forumiga start beriladi.

Xalqaro aviaforumda “Jetcraft” (AQSh), “Air Charter Service” (Buyuk Britaniya), “Bombardier Business jets” (Kanada), “Lufthansa consulting” (Germaniya), “Kuwait Airways” (Quvayt), “Korean Air” (Janubiy Koreya), “Aeroflot” (Rossiya), “Turkish Airlines” (Turkiya), “Mitsubishi Corporation” (Yaponiya),  “Air Astana” (Qozog‘iston) kabi dunyoning turli mamlakatlaridan 180 ga yaqin kompaniya vakillari ishtirok etishadi.

Ushbu kompaniyalar vakillari aviaforum doirasida o‘tkaziladigan yalpi sessiyalarda ishtirok etishadi.  Mazkur sessiyalarda Charlz Sklumberger (The World Bank), Asxat Torshin (Lufthansa Consulting), Amir Otakiy (Bombardier), Kamil Al-Avadhiy (Kuwait Airways), Aytach Mastalieva (Amadeus), Ralf Veber (Airbus), Aleksey Sinitskiy (AtoEvents) kabi ko‘plab xalqaro ekspertlar chiqish qilib, turizm va transport tizimini rivojlantirishga oid tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.