Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uch avlod uchrashuvi  

Chop etish Sahifani ulashish
08.05.2023 2630 Yangiliklar

 

Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Transport vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida mehnat qilayotgan faxriylar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

 

Uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani alohida ta’kidlandi.

 

Yoshi ulug‘ faxriylar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

 

Tadbir so‘ngida vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.