Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolarimizning navbatdagi guruhi mamlakatimizga olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
10.03.2022 2841 Yangiliklar

 

 

Joriy yilning 9 - mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 245 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 35 nafar ayol, 20 nafar voyaga etgaman shaxs va 3 nafar chaqaloq olib kelindi.

28 - fevraldan 10 - martga qadar maxsus tashkil etilayotgan aviareyslar orqali jami 5 282 nafar vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra Moldova Respublikasi hududida bo‘lgan 94 nafar fuqaro O‘zbekiston diplomatlari hamrohligida Moldova-Ruminiya chegarasini kesib o‘tgan.

Ularni maxsus reys bilan Buxarest aeroportidan evakuatsiya qilish rejalashtirilgan.