Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolarimizning navbatdagi guruhi mamlakatimizga olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
15.03.2022 3520 Yangiliklar

 

2022 - yil 15 - mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 43 nafar ayol, 20 nafar voyaga etgaman shaxs va 8 nafar chaqaloq olib kelindi.

Mamlakatimiz fuqarolarini O‘zbekistonga olib kelish maqsadida 28 - fevraldan 11 - martga qadar 26 ta maxsus aviareys tashkillashtirildi.

Diplomatik vakolatxonalarimizning faol sa’y-harakatlari natijasida harbiy harakatlar bo‘layotgan hududdan 5 884 nafar yurtdoshimiz, jumladan 300 nafar ayol, 700 dan ziyod 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 40 nafar imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek talabalar va mehnat migrantlari olib chiqildi.

Ayni damda O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) mamlakatning chekka hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya punktlariga olib kelish yuzasidan yordam ko‘rsatmoqda.