Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ummon kompaniyalari O‘zbekiston logistika sektorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
16.10.2024 938 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Ummonning yirik kompaniyalari rahbarlari - "Oman Investment Authority" raisi Shayx Nasser Al Xarsi, "ASYAD Group" bosh ijrochi direktori Abdulrahmon Al Xatmi va "UzOman" investitsiya kompaniyasi bosh direktori Oman Bahram bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda tomonlar Ashxobod kelishuvi doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, O‘zbekiston logistika sektorini rivojlantirish, logistika markazlarida terminallar qurish bo‘yicha Ummon kompaniyalarining investitsiya imkoniyatlaridan foydalanish bilan bo‘g‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

 

Kompaniya vakillari O‘zbekistonning yuqori transport-logistika salohiyatini qayd etib, transport sohasida qo‘shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.