Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

UMRA ZIYORATCHILARINI MENINGITGA QARSHI EMLASH BO‘YICHA XABARNOMA  

Chop etish Sahifani ulashish
21.01.2025 198 Yangiliklar

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni davrda dunyoda meningokokk bilan kasallanish holatlari ko‘payishi kuzatilmoqda.

 

Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2025-yilda mamlakatga tashrif buyuruvchilar, jumladan «Umra» ziyoratchilari uchun meningitga qarshi emlanish majburiy etib belgilangani ma’lum qilindi.

 

Shu bois, Din ishlari qo‘mitasi ziyoratchilar odamlar gavjum joylarda himoya niqoblaridan foydalanishlari, shaxsiy gigiyenaga rioya qilishlari va kasallikdan saqlanish ehtiyot choralarini ko‘rishlarini tavsiya qilmoqda.

 

Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy etgan tartib-qoidaga ko‘ra, emlanish podshohlikka kirishdan kamida 10 kun oldin amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. Emlanganlik sertifikatining amal qilish muddati 3 yilni tashkil etadi.

 

Umra safarini niyat qilgan fuqarolarimiz respublikamizning barcha markaziy poliklinikalari yoki vaksinatsiya markazlarida meningitga qarshi emlanishlari mumkin.