Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Uzautotrans Service” korxonasining Navoiy viloyati filiali tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
09.11.2020 5789 Yangiliklar

 

Endi Navoiy shahridan Respublikaning vodiy viloyatlaridan boshqa barcha hududlariga muntazam avtobus qatnovlari tashkil etiladi.

Mamlakatimiz aholisiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, qulay sharoitlarda va maqbul narxlarda yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazib qo‘yishni tashkil etish maqsadida Transport vazirligi va Navoiy viloyati hokimligi tashabbusi bilan “Uzautotrans service” MChJning Navoiy viloyati filiali tashkil etildi.

Kuni kecha Navoiy shahriga “Uzautotrans service” korxonasining 20 dona zamonaviy “Yutong” rusumli avtobuslari keltirildi.


Karmana tumanidagi avtoshohbekatda “Navoiy – Toshkent”, “Navoiy – Qarshi”, “Navoiy – Urganch”, “Navoiy – Buxoro”, “Samarqand – Navoiy – Xiva” hamda “Samarqand – Navoiy – Nurota” shaharlararo yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.