Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Uzbekistan airports” AJ Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
02.12.2020 6423 Yangiliklar

 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida “Uzbekistan airports” AJ Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kuzatuv kengashi raisi – Transport vaziri v.b. I.Maxkamov yig‘ilishda Kuzatuv kengashi a’zolarining tasdiqlangan yangi tarkibi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 - noyabr kuni Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organining navbatdan tashqari yig‘ilishida ikkita asosiy tayinlov masalasi ko‘rib chiqilgan edi. Unga muvofiq, Aziza Umarova kuzatuv kengashi a’zolari tarkibiga mustaqil a’zo sifatida, shuningdek, Ulug‘bek Bektoshevni boshqaruv raisining tijorat va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlash masalasida boshqaruv organi a’zolari ovoz berishgan. Natijaga ko‘ra har ikki nomzod ham lavozimga tasdiqlangan edi.

Kuzatuv kengashi yig‘ilishida kun tartibidan o‘rin olgan qator masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Xususan, Uzbekistan airports boshqaruv raisi v.b.- raisning birinchi o‘rinbosari Ravshan Ismailov aksiyadorlik jamiyatining loyihalar bo‘yicha boshqaruv tizimini joriy qilish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Ushbu  tizim orqali aeroportlarning aviatsiya va noaviatsiya daromadlarini oshirish hamda yuk tashish terminallarini yanada rivojlantirish maqsadida jamiyat tarkibida “Loyihalar ofisi”ni tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Yig‘ilishda, shuningdek, xorijiy ekspertlar bilan birgalikda transport sohasini rivojlantirish bo‘yicha Jahon banki va “Airport Research Center” (Germaniya) hamda “Инновационный центр гражданской авиации” (Rossiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda respublikamiz aeroportlarida yo‘lovchilarga xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash, yo‘lovchilarning o‘tkazish qobiliyatini oshirish, infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, aeroportlarning qisqa va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilyotgan ishlar to‘g‘risida Uzbekistan airports boshqaruv raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Bektoshevning hisoboti tinglandi. 

Kuzatuv kengashining yig‘ilishi yakunida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.