Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Uzbekistan Airways” AJ Kiyevga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qiladi

Chop etish Sahifani ulashish
24.02.2022 3957 Yangiliklar

 

Ukraina havo hududi yoʻlovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, HY-3731/3732 Toshkent-Kiyev-Toshkent muntazam qatnovlari 2022-yilning 27-fevral va 2-mart kunlari rejalashtirilgan parvozlari bekor qilinadi.

Bekor boʻlgan parvozlar yoʻlovchilari aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.

“Uzbekistan Airways” AJ yoʻlovchilarni jadvaldagi har qanday oʻzgarishlar haqida qoʻshimcha ravishda xabardor qiladi.