Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uzbekistan Airways Jidda va Madinaga aviaparvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

Chop etish Sahifani ulashish
28.02.2020 5832 Yangiliklar

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Jidda va Madinaga bo‘lgan barcha qatnovlari 2020 yilning 27 fevralidan boshlab vaqtinchalik to‘xtatdi. Bunga 25 ta davlat, jumladan O‘zbekistondan kelgan turist va ziyoratchilarining Saudiya Arabistoniga kirishi vaqtinchalik man etilgani sabab bo‘lgan. Saudiya hukumati ushbu qarorni mamlakat COVID-19 koronavirusi tarqalishining xavfini oldini olish zarurligi bilan izohlagan.

Uzbekistan Airways tomonidan qisqa vaqt ichida O‘zbekiston fuqarolariga Saudiya Arabistonidan qaytib kelishi uchun bir nechta qatnovlar amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasining 71-240-39-33 telefon raqamiga yoki 78-140-02-00 orqali aviakompaniyaning yagona aloqa markaziga murojaat qilishingizni so‘raymiz.