Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Uzbekistan Airways” muntazam xalqaro qatnovlarni tiklamoqda

Chop etish Sahifani ulashish
03.09.2020 8183 Yangiliklar

 

“Uzbekistan Airways” AJ quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklaydi:

 

Yuqorida qayd etilgan shaharlardan Uzbekistan Airways reyslarida O‘zbekistonga parvozlarni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar parvozdan 72 soat oldin COVID-19’ga PZR usulida olingan test haqidagi ma'lumotnomani rus yoki ingliz tilida taqdim etishlari kerak. Test musbat natija bergan bo‘lsa, yo‘lovchilar parvozga chiqarilmaydi.

Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Turkiyadan muntazam qatnovlar bilan kelgan yo‘lovchilar COVID-19 uchun test natijalari manfiy bo‘lgan sertifikatga ega bo‘lsa, termometriyadan o‘tishlari va o‘zlarini 14 kun izolyatsiya qilish majburiyatini olgan holda anketa to‘ldirishlari kerak bo‘ladi:

*O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - doimiy yashash joyida
*Chet el fuqarolari uchun – O‘zbekistonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish joyida.

Kelgandan so‘ng isitmasi yoki boshqa alomatlari bo‘lgan yo‘lovchilar “Toshkent” aeroportida ko‘rikdan o‘tkaziladi. PZR testining ijobiy natijasi bo‘lgan yo‘lovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.

Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yuqoridagi mamlakatlarga uchishni xohlasalar, boradigan mamlakatning sanitariya talablarini mustaqil ravishda aniqlab olishi va aviachipta sotib olishdan oldin, yuqorida ko‘rsatilgan mamlakatlarga kirish huquqini beradigan tegishli asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilish kerakligiga e’tibor qartishlari lozim.