Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uzbekistan Airways qisqa masofalarga yo'lovchilar va yuklarni qulay narxlarda tashishni taklif etadi

Chop etish Sahifani ulashish
20.07.2023 3756 Yangiliklar

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qisqa masofalarga qulay narxlarda parvozlarni amalga oshirish uchun yangi LET L-410 samolyotini ekspluatatsiyasini boshladi. Let L-410 marshrut tarmog'i ancha yillar oldin havo qatnovi to'xtatilgan yo'nalishlarni qayta ko'rib chiqishni o’z ichiga oladi.

 

LET L-410 samolyoti uzunligi 510 metr bo'lgan deyarli har qanday uchish-qo'nish yo'laklariga qo'na oladi va 19 yo'lovchini tashish uchun mo'ljallangan, shuningdek, 1500 kilometrgacha parvoz qilish imkoniyatiga ega. Ushbu havo kemasida amalga oshiriluvchi birinchi reys 20-iyul kuni Toshkent - Samarqand – Toshkent yo'nalishi bo'yicha rejalashtirilgan. Chiptalar narxi bir tomonga 104 000 so'mdan boshlanadi.