Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Uzbekistan Airways” yangi yo‘nalishda Qozog‘istonga qatnov yo‘lga qo‘ymoqda

Chop etish Sahifani ulashish
16.06.2021 3854 Yangiliklar

 

Joriy yilning 21- iyunidan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Nukus – Aqtau – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

Mazkur yo‘nalishda parvozlar haftaning dushanba kunlari amalga oshiriladi. Nukus – Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 093 000 so‘mdan boshlanadi. Nukus – Aqtau – Nukus bo‘yicha esa 1 869 000 so‘mdan boshlanadi. Aviachipta narxlari O‘zbekiston Respublikasi MB kursi bo‘yicha 2021 yil 16 may holatiga ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu bilan birga «Uzbekistan Airways» AJ Urganch – Aqtau – Urganch yo‘nalishida ham haftasiga ikki marotaba dushanba va juma kunlari muntazam qatnovlarni bajarayotganligini eslatib o‘tamiz.

Batafsil ma'lumotlarni aviakompaniyaning www.uzairways.com veb-saytidan olish mumkin. 

Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00. Murojaatlar soat 8:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi.