Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«UzBus» mobil ilovasi ishga tushirildi

Chop etish Sahifani ulashish
30.01.2023 9136 Yangiliklar

 

Ushbu mobil ilova orqali foydalanuvchilar «Toshkent» avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo avtobus qatnovlariga chiptalarni elektron tarzda xarid qilishlari mumkin.

 

Yo‘lovchilar mobil ilova yordamida «Toshkent» avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi qatnovlar jadvali bilan real vaqt rejimida tanishish imkoniyatiga ega.

 

«UzBus» mobil ilovasi orqali hozirda Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi avtobus qatnovlariga ham chiptalarni elektron shaklda sotib olish mumkin.

 

Bosqichma-bosqich ravishda barcha viloyatlardan Toshkent shahriga bajariluvchi qatnovlarga chiptalarni ushbu mobil ilova yordamida elektron xarid qilish imkoniyati yaratiladi.

 

«UzBus» mobil ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

 

Google Play  https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.avtoticket.uzbus