Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida

Chop etish Sahifani ulashish
22.10.2024 792 Yangiliklar

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatiga xizmat safariga bordi.

 

Xizmat safari davomida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, hududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bormoqda.

 

Viloyatning har bir shahar va tumanlarida transport tizimidagi masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalar atroflicha o‘rganib chiqilmoqda.

 

Xususan, Navoiy shahri, Karmana, Konimex va Navbahor tumanlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda transport tizimi bilan bog‘liq muammolari mahallabay kesimida o‘rganib chiqildi.

 

Uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalar va bildirilgan takliflar bo‘yicha tegishli mutasaddilar ishtirokida aniq yechim va takliflar ishlab chiqilmoqda.