Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI LOYIHASI

Chop etish Sahifani ulashish
05.11.2024 321 Yangiliklar

Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazlari yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasi bilan ishlaydigan transport vositalari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

 

Loyiha bilan siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazlari yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasi bilan ishlaydigan transport vositalari xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablar belgilanmoqda.

 

Mazkur loyihani ishlab chiqishda BMT Qoidalari va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining texnik reglamenti talablari inobatga olingan.

 

Qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz hamda o‘z taklif va mulohazalaringizni info@mintrans.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

 

Qaror loyihasi bilan tanishish.