Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Vazirlik tizimida byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari muhokama etildi  

Chop etish Sahifani ulashish
13.02.2025 1211 Yangiliklar

Joriy yilning 12-fevral kuni Transport vazirligida Hisob palatasi bilan hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda sohaga ajratilgan byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, byudjet mablag‘lari ijrosini monitoring qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

 

Ta’kidlandiki, 2024-yilning 16-yanvar kuni Prezident tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya hamda Transport vazirliklari tomonidan qo‘shma qaror tasdiqlangan. Mazkur hujjat asosida sohaga ajratilgan byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi nazorat qilib borilmoqda.

 

Transport vazirligida byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan masofaviy tarzda monitoring va nazoratni olib borish bo‘yicha “Situatsion markaz” tashkil etilgan. Mazkur markazda masofaviy audit tizimi orqali xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladigan ishlarning doimiy nazoratini ta’minlash uchun ishchi guruhi tasdiqlangan.

 

Shuningdek, Hisob palatasining “Masofaviy audit”, “Davlat auditi” avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligining ”UzASBO 2” axborot tizimi hamda vazirliklar uchun “Monitoring Portal” maxsus axborot tizimi ishlab chiqilganligi bois vazirlik tizim tashkilotlardagi barcha moliyaviy operatsiyalarni kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

 

Yig‘ilishda Hisob palatasi sho‘ba mudiri N.Imonqulov Ichki audit bo‘limida markazlashtirilgan tartibda ma’lumotlarni yig‘ish, ularni jamlash, tahlil qilishda Vazirlikdagi mavjud axborot tizimlaridan foydalanish uchun login parollar olinib risk-tahlillari asosida ortiqcha xarajatlar xavfini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilganligi natijasida, 2024-yil davomida “Masofaviy audit” axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda 3 404 ta 496,2 mlrd so‘mlik risklar tahlili amalga oshirilganligi yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi.

 

Shuningdek, yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 20-yanvar kuni “Tejamkorlik va barqarorlikni ta’minlash” tamoyili asosida byudjet mablag‘larini tejash va samaradorligini oshirish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish topshirig‘i berilganligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.

 

Shu nuqtayi nazardan, tadbir ishtirokchilari byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish va maqsadsiz xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, byudjet intizomiga amal qilish va qonunbuzilish holatlarini oldini olish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishga chaqirildi.

 

Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan davlat dasturlarida belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida moliyalashtirish, byudjet intizomiga rioya etilishini ta’minlash hamda xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha mulohaza va takliflar bildirildi.