Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, joriy yilning 3 va 4 may kunlari “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – Namangan – Samarqand – Namangan – Toshkent va Toshkent –Farg‘ona – Urganch – Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaparvozlar bajaradi.
Qo‘shimcha qatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):
3 may
Toshkent – Namangan – Samarqand – Namangan – Toshkent
Toshkentdan jo‘nab ketish: 07:00
Namanganga yetib borish: 08:00
Namangandan jo‘nab ketish: 08:50
Samarqandga yetib borish: 10:15
Samarqanddan jo‘nab ketish: 19:00
Namanganga yetib kelish: 20:20
Namangandan jo‘nab ketish: 21:10
Toshkentga yetib kelish: 22:00
4 may
Toshkent – Farg‘ona – Urganch – Farg‘ona – Toshkent
Toshkentdan jo‘nab ketish: 07:00
Farg‘onaga yetib borish: 08:00
Farg‘onadan jo‘nab ketish: 08:50
Urganchga yetib borish: 10:15
Urganchdan jo‘nab ketish: 19:00
Farg‘onaga yetib borish: 20:30
Farg‘onadan jo‘nab ketish: 21:20
Toshkentga yetib kelish: 22:10
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan www.uzairways.com, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00