Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
14.02.2025 577 Yangiliklar

11-fevral sanasi dunyo miqyosida «Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni» sifatida keng nishonlanib kelmoqda. Shu munosabat bilan, Transport vazirligi markaziy apparatida 13-fevral kuni “Xotin-qizlarning ilm-fan rivojidagi o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

Mazkur tadbirda vazirlikda faoliyat olib borayotgan  xotin-qizlar, Jamoatchilik kengashi a’zolari, Toshkent davlat transport universitetining professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etdi.

 

Suhbat davomida olima ayollar ilm-fandagi izlanishlari, intellektual faoliyati, tajribasi, erishgan yutuqlari haqida tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berib, oilaviy va kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli  birlashtirish imkoniyatlari to‘g‘risida o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Qiziqarli va mazmunli muloqot davomida universitet talaba-qizlarining ijodiy chiqishlari tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir so‘ngida taklif etilgan mehmonlarga vazirlikning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.