Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
03.03.2020 7548 Yangiliklar

Bugun, 3- mart kuni Transport vazirligida Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Vibke Shloeymer boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistondagi aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruviga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan konsultativ maslahatlar berish masalalari muhokama etildi.

Dastavval transport vaziri Elyor G‘aniyev Vibke Shloeymer xonimni so‘nggi yillarda O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda 2020 yilga belgilangan rejalar bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, aeroportlar ish faoliyatini takomillashtirish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablari darajasiga yetkazish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Muzokaralarda O‘zbekistonda davlat xususiy-sherikchlik asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan investitsion loyihalarni amalga oshirishda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.