Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro temir yo‘l qatnovlarning bosqichma-bosqich qayta tiklash to'g'risida

Chop etish Sahifani ulashish
18.03.2022 4575 Yangiliklar

 

Ma’lumki, 2020-yilning mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli qariyib butun dunyo mamlakatlarda xalqaro yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd qatnovlari to'xtatildi. Ikki yillik cheklovlardan so‘ng, qator davlatlar tomonidan yo‘lovchi poyezd yo'lovchilari uchun chegaralarni bosqichma-bosqich ochish borasida sa’yi-harakatlar amalga oshirila boshlandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “Қазақстан темiр жолы” MK” AJ bilan kelishilgan holda joriy yilda Qozog'iston Respublikasiga birinchi yo'lovchi poyezd harakati tashkil etadi. 2022-yil 1-apreldan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yo'nalishidagi 647/648-sonli poyezd qatnovi yo'lga qo'yiladi.

Ushbu poyezd “Nukus” vokzalidan haftaning seshanba, juma va yakshanba kunlari va “Beyneu” stansiyasidan dushanba, chorshanba va shanba kunlari jo'natiladi.

Boshqa qo‘shni davlatlar bilan temir yo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma-bosqich ochilishi kutilmoqda.

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.