Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro transport forumining Asosiy transport statistikasi xalqaro maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston boʻyicha maʼlumotlar eʼlon qilina boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
12.06.2023 1472 Yangiliklar

2023-yil may oyidan boshlab, Asosiy transport statistikasi, Xalqaro transport forumi (Key Transport Statistics, International Transport Forum) xalqaro maʼlumotlar bazasida Oʻzbekiston boʻyicha maʼlumotlar eʼlon qilina boshladi.

 

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti huzuridagi Xalqaro transport forumi 66 ta davlat aʼzosi boʻlgan hukumatlararo tashkilotdir. U transport siyosati boʻyicha tahlil markazi sifatida ishlaydi va transport vazirlarining yillik sammitini tashkil qiladi. Xalqaro transport forumi barcha transport turlarini qamrab oladigan yagona global tashkilotdir.

 

Tashkilotning asosiy missiyasi transportning iqtisodiy oʻsish, ekologik barqarorlik va ijtimoiy bogʻliqlikdagi rolini chuqurroq tushuntirishga koʻmaklashish orqali transport siyosatining jamoatchilik orasida mavqeini oshirishdan iborat.