Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro yo‘nalishlarda yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar diqqatiga

Chop etish Sahifani ulashish
04.07.2023 1837 Yangiliklar

Ayni damda xorijdagi saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

 

Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari 2023 - yil 5 - iyul kuni yakunlanadi.

 

Xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uchastkalari manzillarini quyidagi interaktiv xarita orqali olishingiz mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, 9 - iyul, ya’ni saylov kuni ovoz berish O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari binolarida, ular joylashgan hududdagi mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 ga qadar amalga oshiriladi.

 

Kelajagingizga befarq bo‘lmang! O‘zingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz bering.