Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi orqali yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
13.06.2023 2092 Yangiliklar

Sian shahrida bo‘lib o‘tgan "Xitoy – Markaziy Osiyo" sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida "Zhejiang Union of Railway Logistics" kompaniyasi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va «Qirg‘iz temir yo‘li» milliy kompaniyasi»» davlat korxonasi hamkorligida Landjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

 

"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rag‘batlantirish maqsadida ilk sinov poyezdi harakatiga 9-iyun kuni start berildi.

 

Tarkibida quyosh panellari, mexanik jixozlar, matolar va boshqa yuklar bo‘lgan umumiy qiymati 2,5 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi yuk poyezdi Xitoyning Landjou shahridan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi belgilangan.